Ertaga 9-sinflar uchun onlayn CHSB sinovlari o‘tkaziladi

Ertaga 9-sinflar uchun onlayn CHSB sinovlari o‘tkaziladi

Xabaringiz bor, 2025-2026-o‘quv yili II chorak yakuni bo‘yicha onlayn summativ baholash sinovlari 18-25 dekabr kunlari onlayn shaklda tashkil etilishi haqida xabar bergan edik. Bugun, 22-dekabr kuni esa 8-sinflar uchun II chorak yakuni bo‘yicha onlayn summativ baholash sinovlari bo‘lib o‘tdi.

 

Onlayn sinov jadvali:

 

 5-sinf – 18-dekabr

6-sinf – 19-dekabr

7-sinf – 20-dekabr

8-sinf – 22-dekabr

9-sinf – 23-dekabr

10-sinf – 24-dekabr

11-sinf – 25-dekabr

 

Muhim eslatma! O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashadi. Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi kerak.

 

Bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarida 2025-2026-oʻquv yilining II chorak yakuni yuzasidan summativ baholash sinovlari anʼanaviy shaklda oʻtkaziladigan umumtaʼlim maktablari ro’yxati bilan quyidagi jadval orqali tanishish mumkin:

 

Ro’yxat – Faylni yuklash

 

Bugun 6-sinflar uchun II chorak yakuni bo‘yicha onlayn summativ baholash sinovlari bo‘lib o‘tadi