Ayni vaqtda “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, tanlov ishtirokchilari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashmoqda.
Tanlov hayʼati qaroriga koʻra, “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi:
6-7-8-sinf yoʻnalishi boʻyicha:
➖1-oʻrin — Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanidagi 6-maktab oʻquvchisi Komilaxon Kuchkarovaga;
➖2-oʻrin — Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi 79-maktab oʻquvchisi Mexmetjon G‘aniyevga;
➖ 3-oʻrin — Buxoro viloyati, Buxoro tumanidagi 27-maktab oʻquvchisi Muhammadali Xoliqovga;
9-10-sinf yoʻnalishi boʻyicha:
➖ 1-oʻrin — Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 18-maktab oʻquvchisi Aziza Turobovaga;
➖ 2-oʻrin — Andijon viloyati, Buloqboshi tumanidagi 55-IDUM oʻquvchisi Shodiya Adxamovaga;
➖ 3-oʻrin — Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi 1-maktab oʻquvchisi Abdulaziz Sobirovga nasib etdi.
Oʻrnatilgan tartibga koʻra:
➖ tanlovning respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 6 nafar hamda eng yuqori ball toʻplagan 8 nafar (har bir sinf yoʻnalish boʻyicha 4 nafardan), jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga taʼlim sayohati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
