Boshlang‘ich sinflar uchun qishki taʼtil 27-dekabrdan boshlanadi

Boshlang‘ich sinflar uchun qishki taʼtil 27-dekabrdan boshlanadi

Xabaringiz bor, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilangan.

 

2025/2026 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari va talabalar uchun qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanishi haqida xabar berilgan edi. Boshlangʻich 1–4-sinflarda esa 27-dekabr — shanba kunidan boshlanadi.

 

Taʼtil 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.

 

2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelgani sababli, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.