Gulistonlik o‘quvchi bir vaqtning o‘zida bir necha universitetlarning grantini yutib oldi

Gulistonlik o‘quvchi bir vaqtning o‘zida bir necha universitetlarning grantini yutib oldi

Guliston shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Mirzaraxim Sobirjonov bir vaqtning o‘zida bir nechta universitetning grantini yutib, muddatdan oldin talaba bo‘ldi.

 

U xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 6.5 ball natijani qayd etgan hamda SATdan 1420 ballik natijaga ega.

 

Mirzaraxim Sobirjonov O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalaridan Diplomatiya universiteti va Yangi O‘zbekiston universitetiga grant asosida, shuningdek, Westminster universitetiga o‘qishga qabul qilingan.

 

Bundan tashqari, u AQShning bir qator nufuzli universitetlaridan ham yirik grantlarni qo‘lga kiritgan. Jumladan:

— New Western England University – 144,000$
— Wingate University – 126,000$
— Elmhurst University – 98,000$
— PACE University – 84,000$
— WIDENER University – 184,000$
— Elmira College – 100,000$
— Florida Institute of Technology – 70,000$
— Augustana University – 132,000$
— Susquehanna University – 180,000$

 

Avvalroq, Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafruz Salohiddin qizi AQShning nufuzli Garvard universitetiga Integrative Biology (integratsiyalashgan biologiya) yo‘nalishi bo‘yicha 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilinganligi haqida xabar bergan edik.