Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Yandillayev Ibrohim Bahodirovich xalqaro SAT imtihonida ishtirok etib, 1590 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
U imtihon qismlaridan mos ravishda quyidagicha natija ko‘rsatgan:
Reading and Writing — 800;
Math — 790.
Ma’lumot uchun: SAT imtihonida maksimal ball — 1600.
SAT imtihoni — “akademik baholash testi” bo‘lib, abituriyentlarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini tekshirish uchun o‘tkaziladigan xalqaro imtihon. Dunyoning eng nufuzli oliygohlarida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar, albatta SAT sertifikatiga ega bo‘lishlari shart.
Avvalroq, farg‘onalik oʻquvchi Garvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
