Yaponiya Tokio universiteti (University of Tokyo) hamkorligida tashkil etiladigan UTokyo Amgen Scholars Program dasturi ishtirokchilarga dunyoning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalaridan birida tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Mazkur dasturda biologiya va unga yaqin yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot olib borishni rejalashtirgan, bakalavr bosqichining kamida 1-kursini tamomlagan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Dastur 8 hafta davom etadi. Ushbu davr mobaynida ishtirokchilarning turarjoy, oziq-ovqat, yo‘l va boshqa asosiy xarajatlari qoplanadi, shuningdek, ularga 280 000 yapon iyenasi miqdorida stipendiya ajratiladi.
Dasturga arizalar 2026-yil 1-fevralga qadar qabul qilinadi. Saralab olingan ishtirokchilar uchun grant dasturi 2026-yil 4-iyundan 6-avgustgacha davom etadi. Dastur doirasida jami 10 nafar ishtirokchi tanlab olinadi.
Maqbullik shartlari
Dasturda qatnashish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
-
biologiya yoki unga yaqin sohalarda tadqiqot olib borish va kelajakda o‘qishni shu yo‘nalishda davom ettirish niyatida bo‘lishi;
-
yozgi 8 haftalik ilmiy tadqiqot dasturida to‘liq ishtirok etishga tayyor bo‘lish;
-
bakalavr bosqichida tahsil olayotgan va kamida 1-kursni tamomlagan bo‘lish;
-
2026-yil yozigacha o‘qishni tugatadigan talabalar ishtirok eta olmaydi, chunki dastur yakunidan so‘ng kamida 1 semestr universitetga qaytib o‘qish talab etiladi;
-
yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish;
-
agar ingliz tili nomzodning ona tili bo‘lmasa, quyidagi sertifikatlardan kamida bittasini taqdim etish:
-
TOEFL iBT — 72;
-
IELTS — 5.5;
-
Cambridge English FCE / TOEIC — 1095;
-
TOEIC L&R — 785;
-
TOEIC S&W — 310;
-
-
kelajakda doktoranturada o‘qishni davom ettirish rejasi bo‘lish;
-
dastur davomida boshqa o‘quv kurslari yoki ish faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi;
-
ishtirokchilar dasturda to‘liq qatnashishlari, grant ma’muriyati belgilagan turarjoyda yashashlari, boshqa ishtirokchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari hamda barcha yig‘ilish va tadbirlarda qatnashishlari shart;
-
dastur yakunida bajarilgan tadqiqotlar bo‘yicha yakuniy hisobot va ilmiy ishlarning chop etilgan nusxasi grant direktoriga topshirilishi lozim.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Dasturning afzalliklari
Dastur ishtirokchilari uchun quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
-
g‘oliblar Tokio universitetining Hongo kampusiga yaqin joylashgan bepul turarjoy bilan ta’minlanadi (ba’zi hollarda tadqiqot markazi uzoq bo‘lishi mumkin);
-
280 000 yapon iyenasi miqdorida stipendiya beriladi (oziq-ovqat, shaxsiy xarajatlar va sayohatlar uchun);
-
aviachipta xaridi uchun alohida mablag‘ ajratiladi;
-
tadqiqot davomida ishtirokchilar amaliy bilim va professional tajribaga ega bo‘lishadi, bu esa ularning karyeralariga uchun foydali tajriba boʻladi;
-
dastur doirasida maxsus seminarlar, ilmiy munozaralar, universitet kutubxonasi va sog‘liqni saqlash markazidan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
-
Yaponiyada bo‘lish davomida ishtirokchilar yapon madaniyati bilan tanishish va ekskursiyalarda qatnashish imkoniga ega bo‘ladilar.
Eslatma! Shaxsiy sabablarga koʻra bekor qilingan aviachipta puli ishtirokchilar tomonidan dastur maʼmuriyatiga qaytarilishi lozim. Sogʻliq va sayohat sugʻurtasi ishtirokchilar tomonidan qoplanishi zarur va bu masalada Amgen Foundation granti ham, Tokio universiteti ham masʼuliyatni oʻz zimmasiga olmaydi.
Hujjat topshirish jarayoni
Hujjat topshirish jarayoni 4 bosqichdan iborat:
I. Kerakli hujjatlarni tayyorlash:
-
fotosurat;
-
pasport yoki ID karta nusxasi;
-
baholar transkripti;
-
til bilish sertifikati;
-
CV (rezyume) ning so‘nggi varianti;
-
tavsiyanoma;
-
ariza formasi (to‘ldirilgan va imzolangan).
II. Profil yaratish va ro‘yxatdan o‘tish:
-
belgilangan havola orqali profil ochiladi;
-
barcha hujjatlar ingliz tilida va to‘liq tayyorlangan bo‘lishi kerak;
-
“Start my application” tugmasi orqali ariza topshirish boshlanadi.
III. Tavsiyanomalarni jo‘natish:
-
tavsiyanoma yozgan shaxs tomonidan grant ma’muriyatiga yuboriladi va tasdiqlanadi.
IV. Arizani yakunlash:
-
barcha ma’lumotlar kiritilgach, ariza “Application completed” holatiga o‘tadi.
Muhim: ariza topshirilgandan so‘ng unga o‘zgartirish kiritish mumkin emas.
Eslatma! Ariza topshirish jarayonida turli xil texnologiyalar hamda sunʼiy intellekt yordamidan foydalanish tavsiya qilinmaydi, har bir jarayon yoki hujjat nomzodlarning shaxsan oʻzlari tomonidan tayyorlanishi va yozilishi (tavsiyanomadan tashqari) lozim.
Tavsiyanomalarni joʻnatish hamda roʻyxatdan oʻtish jarayoni haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Dasturga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2025-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-fevralga qadar davom etadi. Saralab olingan nomzodlar uchun grant dasturi 2026-yil 4-iyundan boshlanib, ushbu yilning 6-avgustigacha davom etadi. Dastur 8 hafta davom etadi hamda jami 10 ta ishtirokchi saralab olinadi.
Roʻyxatdan oʻtish jarayonida nomzodlar tadqiqot loyihalari uchun bitta mavzu tanlashlari kerak boʻladi. Dastur amalga oshiriladigan laboratoriyalar va loyiha mavzulari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturda qatnasha oladigan davlatlar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tadqiqot oʻtkaziladigan laboratoriyalar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Asia Simpozium foto galereyasini ushbu havola orqali koʻrish mumkin.
Dastur boʻyicha savollarni ushbu havola orqali yoʻllash mumkin.
