Xabaringiz bor, kuni kecha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi natijalari e’lon qilindi. Suhbat natijalaridan norozi nomzodlar 22-dekabr soat 18:00 ga qadar Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining apellyatsiya@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Murojaatda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi kerak:
➖Nomzodning F.I.Sh.;
➖Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami — JSHSHIR (PINFL);
➖Suhbat oʻtkazilgan sana;
➖Apellyatsiya uchun asos.
Shikoyatlar 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va natijasi haqida murojaatchiga xabar beriladi.
Eslatma: Tanlov jarayonining barcha bosqichlari boʻyicha nomzodlarning qayta suhbatdan oʻtishi, test topshirishi yoki yozma ish yozishiga ruxsat etilmaydi.
