“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovining suhbat natijalari eʼlon qilindi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovining suhbat natijalari eʼlon qilindi

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi natijalari eʼlon qilindi.

 

Suhbat bosqichi uchun belgilangan eng yuqori 100 balldan kamida 61 ball toʻplagan nomzodlar “suhbatdan oʻtgan” deb eʼtirof etilgan.

 

Tanlov komissiyasi tomonidan “suhbatdan oʻtgan” deb eʼtirof etilgan nomzodlar orasidan test va suhbat bosqichlarida toʻplangan ballar umumlashtiriladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga asosan, Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha stipendiya gʻoliblarining yakuniy roʻyxati tanlov yakunlangandan soʻng uzogʻi bilan bir oy muddat ichida Jamgʻarma Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi hamda eʼlon qilinadi.

 

Suhbat natijalari bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.