Rossiya Sankt-Peterburg shahri Krasnogvardeysk tumanidagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi maktabga pichoq bilan kirib, 29 yoshli matematika o‘qituvchisini pichoqlagan.
O‘qituvchi orqa va ko‘krak qismidan jarohat olgan bo‘lib, hozir shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda. O‘quvchi hujumdan so‘ng o‘z joniga qasd qilishga uringan, biroq hozirda uning hayoti xavf ostida emasligi aytilgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa sababi sifatida yomon baho ekanligi ko‘rsatilmoqda.
Maktab direktori o‘quvchini o‘rtacha baholarga ega, tinch va tortinchoq bola ekanligini, o‘qituvchi esa maktabda 5 yildan beri ishlab kelayotgan yosh va muvaffaqiyatli pedagog deya ta’kidlagan.
Hozirda politsiya va tergov organlari voqeani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.
