Mehnat kodeksining 230-moddasi 1-qismiga ko‘ra, har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak.
Mehnat kodeksining 230-moddasi 2-qismiga aosan Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko‘ra, joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning o‘n to‘rt kalendar kundan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin bo‘lib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.
Yaʼni xodim har yili taʼtilining maʼlum qismidan foydalanishi shart.
Mehnat kodeksning 234-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.
Yuqoridagilarga asosan tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda foydalanilmagan yillik mehnat taʼtil kunlaringiz uchun pullik kompensatsiya puli to‘lab beriladi.
Avvalroq, “1 oy oldin ishga qabul qilingan xodimga mehnat taʼtili berish mumkinmi?” mazvusida xabar bergan edik.
