Maktablarda direktor oʻrinbosari ERP bazani yuritgani uchun ustama olishga haqlimi?

Maktablarda direktor oʻrinbosari ERP bazani yuritgani uchun ustama olishga haqlimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 6-sentyabrdagi 284-son buyrugʻiga 1-ilovada tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqida”gi nizom 8-bandiga koʻra tizim administratori yaratilgan dasturiy-texnik muhitning toʻgʻri ishlashini taʼminlaydi.

 

Mazkur nizom 14-bandiga koʻra tizim administratorining bir qator majburiyatlari belgilangan. Siz savolda aytgan masalalar aynan tizim administratorining majburiyati sifatida belgilangan.

 

Lekinbirorxodimnitizimadministratorilavozimigaqoʻyishuchundirektoralohidabuyruqchiqaradivaxodimzimmasigaushbumajburiyatlarniyuklaydi.

 

Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrugʻiga asosanoʻqituvchining lavozim majburiyatlari ichida bunday majburiyatlar qayd etilmagan.

 

Shunga koʻra direktor bu masalalarni hal qilish uchun bir shaxsni masʼul sifatida tanlashi va buyruq bilan rasmiylashtirishi lozim.

 

Yuqoridagi qoidaga asosan, direktor oʻrinbosariga buyruq bilan ERP bazasini yuritish yuklatilgan boʻlsa, u qoʻshimcha vazifa bajargani uchun ustama olishga haqli hisoblanadi.

 

Avvalroq, menejerlik sertifikati yoʻqligi sababli maktab direktori oʻz oʻrinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli emasligi haqida xabar bergan edik.