Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Baxtiyor Alimovich Po‘latov Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) rektori etib tayinlandi.
Baxtiyor Po‘latov 1985-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2006-yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini (bakalavr), 2008-yil Niderlandiyaning Vaginingen Universitetini (magistratura), 2015-yil Shvetsiyaning Lund Universitetini (doktorantura PhD) tugatgan. Injener-ekolog, texnika fanlari doktori, dotsent.
B.Po‘latov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
