Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Abdulaziz Abdullayevich G‘ulomov Toshkent davlat transport universiteti rektori etib tayinlandi.
G‘ulamov Abdulaziz Abdullayevich 1982-yil 14-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 2006-yili Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan. 2011-yilda Peterburg davlat transport universitetida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Transport iqtisodiyoti mutaxassisligiga ega. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
U tayinlovga qadar Toshkent davlat transport universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlangani haqida xabar bergan edik.
