Bogʻchaga borayotgan bolalar uchun ular 3 yoshga toʻlgunga qadar har oy 618 000 soʻm miqdorida moddiy yordam beriladi.
Hukumatning 2025-yil 31-iyuldagi qaroriga koʻra, davlat tomonidan kambagʻal oilalarga maxsus moddiy yordam puli toʻlab beriladi.
Unga koʻra, oila Kambagʻallar reyestrida boʻlishi shart. Shuningdek:
– bolaning ota yoki onasi yagona boʻlishi (masalan, farzand faqat onasi bilan yashaydi);
– bu yagona ota/ona rasman ishga joylashgan boʻlishi kerak (daftariga ish joyi tushgan boʻlishi shart);
– farzand maktabgacha taʼlim muassasasiga (bogʻchaga) qatnayotgan boʻlishi kerak;
– farzand 3 yoshga toʻlmagan boʻlishi kerak(agar egizak boʻlsa ikkalasiga ham beriladi).
Agar shu talablar toʻliq bajarilgan boʻlsa, davlat tomonidan har oy 618 000 moddiy yordam toʻlab beriladi.
Moddiy yordam olish tartibi:
– my.gov.uz portali orqali elektron ariza berish;
– yoki “Inson” markaziga shaxsan borib ariza topshirish mumkin.
