Direktor oʻquvchining mobil telefonini bolgʻa bilan sindirdi — viloyat MMTB izoh berdi

Direktor oʻquvchining mobil telefonini bolgʻa bilan sindirdi — viloyat MMTB izoh berdi

Xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi maktablardan birida direktor oʻquvchining mobil telefonini bolgʻa bilan sindirib, boshqalarga ibrat sifatida koʻrsatganligi haqida video tarqaldi.

 

Videoga koʻra, direktor telefonni mix bilan sinf taxtasiga qadab, dars paytida gadjetlardan foydalanish mumkin emasligini namoyish etgan. Hodisa butun sinf koʻz oʻngida sodir boʻlgan.

 

Ushbu holat jamoatchilik orasida keskin munozaralarga sabab boʻldi.

 

Holat yzasidan Samarqand viloyat MMTB rasmiy munosabat  bildirildi. Unga ko‘ra, vaziyat boshqarma mas’ullari tomonidan o‘rganilgan.

 

O‘rganishlar natijasida mazkur holat Samarqand viloyati hududidagi umumta’lim maktablarida sodir bo‘lmagani aniqlangan.

 

“Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tasdiqlanmagan va asossiz axborotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz” — deyiladi xabarda.