Kamida C1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan chet tili o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 yildagi PQ-5117-sonli qaroriga asosan imtihon xarajatlarini qoplab olishlari mumkin.
Bunda, 30 yoshgacha bo‘lgan pedagog kadrlar xarajatlarini Yoshlar ishlari agentligi orqali, 30 yoshdan oshgan pedagog kadrlar esa Malaka oshirish instituti orqali xarajatlarini qoplab olishlari mumkin bo‘ladi.
Ta’lim vazirliklarining 6-oktyabr 2025-yildagi «Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 3515-1-sonli qarori ro’yxatida berilgan ushbu sertifikatlar uchun imtihon xarajatlarini qaytarib olish mumkin:
— IELTS;
— TOEFL iBT;
— iTEP Academic Plus;
— CEQs CAE;
— TKT;
— Aptis ESOL.
30 yoshdan oshmaganlarga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esa quyidagi sertifikatlar uchun xarajatlar qoplab beriladi:
— IELTS;
— TOEFL;
— CEQs CAE.
Chet tili o’qituvchilarining imtihon xarajatlarini qaytarish bo’yicha ARIZA namunasi bilan quyidagi rasmda tanishishingiz mumkin.

