Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi maktablardan birida direktor oʻquvchining mobil telefonini bolgʻa bilan sindirib, boshqalarga ibrat sifatida koʻrsatganligi haqida video tarqaldi.
Maʼlum qilinishicha, direktor telefonni mix bilan sinf taxtasiga qadab, dars paytida gadjetlardan foydalanish mumkin emasligini namoyish etgan. Hodisa butun sinf koʻz oʻngida sodir boʻlgan.
Ushbu holat jamoatchilik orasida keskin munozaralarga sabab boʻlgan. Ayrimlar bunday harakatni qattiqqoʻl intizom deb baholagan boʻlsa, boshqalar oʻquvchining shaxsiy mulkiga ziyon yetkazilganini taʼkidlamoqda.
Avvalroq, dars vaqtida telefondan foydalanadigan oʻquvchilarga qanday chora koʻrish mumkinligi haqida xabar bergan edik.
