Bir vaqtda ham oʻqib, ham ishlayotgan talabalar toifa yoki kasbiy sertifikat olishlari mumkinmi?

Bir vaqtda ham oʻqib, ham ishlayotgan talabalar toifa yoki kasbiy sertifikat olishlari mumkinmi?

Afsuski, mumkin emas, sababi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga koʻra, malaka toifalari boʻyicha haq toʻlash faqatgina oliy maʼlumotli pedagoglar uchun joriy qilingan.

 

Shuningdek, Kasbiy sertifikatlash boʻyicha maʼmuriy reglamentda kasbiy sertifikatlash jarayonlariga stajyor oʻqituvchi (davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy maʼlumotli jismoniy shaxs) yoki talabgor (kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi hamda avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib, oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchi, stajyor-tarbiyachi, psixolog yoki mutaxassis lavozimidagi, shuningdek, pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas (oʻrta maxsus maʼlumotlilar) deb topilgan pedagog kadrlar) jalb qilinishi mumkinligi belgilab qoʻyilgan.

 

Avvalroq, maktabda dars beradigan talaba xodimga ham ustama tayinlash mumkinligi haqida xabar bergan edik.