Xususiy bogʻchada ishlaydigan xodimga dekret puli toʻlanadimi?

Xususiy bogʻchada ishlaydigan xodimga dekret puli toʻlanadimi?

Agar tarbiyachi uzluksiz 6 oydan koʻp ushbu lavozimda ishlayotgan boʻlsa, dekret puli toʻlanishi kerak.

 

Mehnat kodeksining 404-moddasiga asosan ayolga tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tugʻish taʼtili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.

 

Aynan mana shu qoidaga koʻra siz homiladorlik va tugʻish taʼtili va u uchun nafaqa olishingiz mumkin.

 

Vazirlar Mahkamasining 2022–yil 20-sentyabrdagi 515–sonli qarori xususiy sektorda ishlaydigan ayol xodimlarga homiladorlik va tugʻruq nafaqasini olish imkoniyatini oshirish va yengillik yaratish maqsadida qabul qilingan.

 

Ushbu qarorga asosan belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos boʻladi.

 

Nafaqa miqdor qancha?

 

Nafaqa xodimning farzandi tugʻilguniga qadar minimal isteʼmol xarajatlarining 4 baravari miqdorida toʻlanadi. Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlarga nafaqa tayinlashda tuman koeffitsiyenti qoʻllanilmaydi.

 

Maʼlumot uchun Oʻzbekistonda 2025-yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming soʻmni tashkil etdi.

 

Nafaqa tayinlash tartibi qanday?

 

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida undagi maʼlumotlar hududiy ambulator-poliklinikaning yoki tugʻruqxona muassasasining masʼul xodimi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi.

 

Kiritilgan barcha maʼlumotlar “Elektron Hukumat AT” tomonidan tekshiriladi.

 

Bunda xodimning oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish staji hisobga olinadi. Nafaqa boʻyicha toʻlovlar belgilangan tartibda “Xalq banki” orqali amalga oshiriladi.

 

Avvalroq, ikki oy ishlab dekretga chiqqan pedagogga qancha dekret puli toʻlanishi haqida xabar bergan edik.