“Mening maktabim” loyihasining 2025-yilgi 2-bosqichi loyiha kiritish jarayonlari 15-dekabr, dushanba kunidan boshlanadi. 2-bosqich doirasida 3 va 5-toifaga kiritilgan 96 ta tumandagi 5 104 ta maktab ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.
O‘quvchilar quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishlari mumkin:
— avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan o‘ziga yoqqan loyihani tanlash orqali;
— mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bo‘lmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.
Mazkur bosqichda ishtirok etayotgan 96 ta tuman ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
Ma’lumot uchun: 1-bosqichda g‘oliblar aniqlamangan 36 ta maktab joriy yilgi 2-bosqich doirasida qaytadan ishtirok etish imkoniyatiga ega.
