Ko‘zi ojiz shaxslar uchun o‘tkazilgan chet tilidan maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi

Ko‘zi ojiz shaxslar uchun o‘tkazilgan chet tilidan maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi

2025-yil 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi.

 

Maxsus imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

 

Maxsus imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

 

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

 

Avvalroq, ko‘zi ojizlar uchun 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari jadvali tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.