Ko‘zi ojizlar uchun 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari jadvali tasdiqlandi

Ko‘zi ojizlar uchun 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari jadvali tasdiqlandi

2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar jadvali e’lon qilindi.

 

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari fevral va aprel oylarida o‘tkaziladi.

 

Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

 

Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar quyidagi rasmda keltirilgan.

 

Ko‘zi ojizlar uchun 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari jadvali tasdiqlandi

 

Eslatib o‘tamiz, ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi.

 

Avvalroq, 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan odatdagi chet tilini bilish imtihonlari imtihonlari sanalari ma’lum bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.