Andijon viloyati, Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o’quvchisi Absattorov Asliddin milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
O‘zbek tili va adabiyot – A (67.26 ball)
Tarix – B (55.32 ball)
Matematika – C+ (51.49 ball)
Ingliz tili – CEFR B2
Avvalroq, Qoraqalpog’istonlik 8-sinf o’quvchisi Axmetova Dilnura ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Xorazmda ikki nafar 11-sinf o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, milliy sertifikat test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
– 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
– 65 – 69,9 ball — A daraja;
– 60 – 64,9 ball — B+ daraja;
– 55 – 59,9 ball — B daraja;
– 50 – 54,9 ball — C+ daraja;
– 46 – 49,9 ball — C daraja.
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
– A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
– B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
– A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
