Yevropa qizlar olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi - Ta’lim xabarlari
Yevropa qizlar olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi

Ayni kunlarda Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

 

Olimpiadaning 2-kun yakunlariga ko‘ra, 57 davlatdan yig‘ilgan 200 nafarga yaqin ishtirokchi orasida o‘quvchimiz Zarnigor Raximova 329 ball bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 

Ta’kidlash lozim, 27-iyulga qadar daqvom etadigan musobaqada O‘zbekiston nomini quyidagi iqtidorli qizlar himoya qilmoqda:

 

– Zarnigor Raximova (Buxoro viloyati)

 

– Oysha Mirzatillayeva (Toshkent shahri)

 

– Malika Xojamuratova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

 

– Solixa Dagarova (Samarqand viloyati)

 

Olimpiada davomida qizlar nafaqat dasturlashga oid ko‘nikmalar, balki jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik hamda madaniyatlararo muloqot singari yumshoq ko‘nikmalar(soft skills)ini ham rivojlantirishga muvaffaq bo‘ladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры