Yakka tartibda oʻtilgan darslar uchun soatbay haq toʻlanmaydi. Ular ham umumiy qoida boʻyicha taʼrif asosida toʻlanadi.
Hukumatning 2020-yil 30-iyundagi “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi 3271-sonli qaror nizomining 23-bandiga koʻra, yakka tartibda oʻtilgan darslarga ham tarifikatsiya asosida haq toʻlanadi.
Bunda dars soatlarining miqdori, oʻqituvchining toifasi va boshqalar hisobga olinadi.
Aynan shu qoidaga koʻra, yakka tartibda oʻtilgan darslar uchun haq tarifikatsiya asosida toʻlanadi.
Bundan anglashiladiki, ushbu ish haqi Mehnat kodeksining 257-moddasi bilan taʼtil pulini hisoblashda qoʻshiladi.
Avvalroq, yakka tartibda oʻqitiladigan oʻquvchilarga dars berganlik uchun yoʻl kompensatsiyasi toʻlanishi haqida xabar bergan edik.
