Xodimlarga moddiy yordam maktablarda direktor jamgʻarmasidan beriladi.
Moddiy yordam olish uchun xodim shu tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlashi va moddiy yordam olish uchun asos boʻladigan holatlar sodir boʻlishining oʻzi yetarli.
Bunda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori 33-bandiga oʻzgartirish kiritilgan.
Unga koʻra umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (oʻqituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha:
– xodimning oʻzi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda;
– yoki ogʻir kasallikka chalinganda;
– xodim tabiiy ofatdan zarar koʻrganda koʻrsatiladi.
Qoidaning mazmuniga koʻra, xodim maktabda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan davrda yuqoridagi holatlar sodir boʻlsa, direktor jamgʻarmasida mablagʻ yetarli boʻlgan taqdirda xodim 2 lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam olishga haqli.
Mana shu qoidaga koʻra, xodim 1 kalendar yilida jami 2 lavozim maoshigacha moddiy yordam olishi mumkin.
Yuqoridagi nizomda qaynona yaqin qarindosh sifatida belgilanmagan, shu sababli uning vafoti sababli hech qanday yordam puli toʻlanmaydi.
Avvalroq, direktor jamgʻarmasida ajratilgan mablagʻlar yetarli boʻlmasa qanday yoʻl tutilishi haqida xabar bergan edik.
