Mehnat kodeksining 386-moddasiga asosan ishni oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi taʼlim olayotganda berilishi belgilangan.
Mazkur kafolatlar va kompensatsiyalar, shuningdek tegishli darajadagi taʼlim olgan hamda ish beruvchi tomonidan ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq taʼlim olishga yuborilgan xodimlarga ham berilishi mumkin.
Ishni bir vaqtning oʻzida taʼlim faoliyatini amalga oshiruvchi ikki tashkilotdagi oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimga faqat ushbu tashkilotlarning birida (xodimning tanloviga koʻra) olayotgan taʼlimi munosabati bilan kafolatlar va kompensatsiyalar beriladi.
Lekin ikkinchi marta oliy taʼlimda oʻqiyotganlar uchun oʻquv taʼtili beriladi lekin bunda ish haqi saqlanmaydi.
Yaʼni oʻquv taʼtili vaqtida oylik toʻlanmaydi.
Avvalroq, xodim sirtqi ta’limda oʻqishga ketgan davrda ham ish haqi toʻlanishi haqida xabar bergan edik.
