Necha marta attestatsiyadan oʻta olmagan pedagog bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi?

Necha marta attestatsiyadan oʻta olmagan pedagog bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 4-bandiga koʻra, majburiy attestatsiya 5 yilda oʻtkaziladi.

 

Agar bir marta attestatsiyaga jalb etilib, undan oʻta olmagan boʻlsangiz, unda nizom 44-1-bandiga koʻra, ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan uch marta jalb etiladi.

 

Bunda uch martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinadi.

 

Avvalroq, malaka toifasi toʻgʻridan toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladigan pedagoglar roʻyxati haqida xabar bergan edik.