Yenching Global Symposium (YGS) — dunyodagi eng nufuzli anjumanlardan biri. Har yili bahorda oʻtkaziladigan simpozium global hamda Xitoy bilan bogʻliq dolzarb mavzularda qiziqarli muhokamalari va interfaol sessiyalar boʻlib oʻtadi. Bugungi yetakchilar oʻz tushunchalarini butun dunyo boʻylab Xitoyga boʻlgan ishtiyoqi bilan talabalar va yosh mutaxassislar bilan oʻrtoqlashadilar.
Yenching Global Symposium 2026 turli geografik mintaqalar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, jamoalar oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi. Bu yilgi mavsum 2026-yil 16-19-aprel kunlari Xitoyning poytaxti Pekin shahrida boʻlib oʻtadi.
Dasturning asosiy mavzusi: Harnessing Momentum: The Power to Act in a Changing World.
Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi, baʼzi mehmonlar xitoy tilida nutq soʻzlashi mumkin, lekin inglizcha sinxron tarjimasi berib boriladi. Yenching Akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan avvalgi tadbirlar qanday boʻlib oʻtgani haqida ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Maqbullik shartlari:
- nomzod 1995-yil maydan keyin tugʻilgan boʻlishi kerak;
- ariza topshirish vaqtida istalgan soha boʻyicha kamida bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim yoki oxirgi kursda o’qiyotgan bo’lishi kerak;
- ingliz tilini yetarli darajada bilishi shart;
- 2026-yil 16-19-aprel kunlari simpoziumda toʻliq ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim;
- avval Yenching Global Simpozium yoki Yenching Ijtimoiy Innovatsiya Forumlarida qatnashmagan boʻlishi lozim.
Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Foydali tomonlari
Yenching Global Simpoziumida butun dunyo boʻylab 200 nafar delegat qatnashadi. Ishtirokchilarning dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi, jumladan:
- xalqaro aviachipta xarajatlari qoplanadi;
- bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
Eslatma: dastur tashkilotchilari viza masalalari boʻyicha elchixonaga taklif xati yuborish majburiyatini boʻyniga olmaydi, viza bogʻliq jarayonlar ishtirokchi tomonidan hal qilinishi lozim.
Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
