Yangi yilga qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanishi mumkin

Yangi yilga qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanishi mumkin

Yangi yilga qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanishi kutilmoqda.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan bu haqida tegishli takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Dekabr oyida Prezident hujjati imzolanishi kutilmoqda.

Bunda, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar — juma, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar — juma, 3-yanvar — shanba kunlarini qoʻshimcha dam olish kunlari etib belgilanishi mumkin.

Shunga koʻra, taʼlim muassasalari rahbarlari xodimlar bilan bogʻliq buyruqlarni shoshmasdan, tegishli Farmon  imzolanganidan soʻng, qoʻshimcha dam olish kunlarini hisobga olgan holda rasmiylashtirishlari kerak.

2025-yilda qoʻshimcha dam olish kunlarini belgilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilinmagan.

Aslida 2025-yilda bu amaliyot bekor boʻlgan emas, shunchaki deyarli barcha bayramlarda 3 kunlik dam olish kuniga toʻgʻri kelib qolgan (bayramlar shanba va yakshanbadan oldin yoki keyin yoxud yakshanba kuniga). Shuning uchun Farmon bilan yana qoʻshimcha dam olish kunini belgilashga ehtiyoj qolmagan.

2026-yilda esa bu holat yuz bermaydi, shu sababli Farmon qabul qilinishiga zaruriyat bor. Shunga asosan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bu haqida tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritgan.

Shu sababli, mehnat taʼtili berilayotgan xodimlarga buyruq qabul qilishda ishga chiqish kuni 31-dekabr, 2- va 3-yanvar etib belgilanadi. Farmon qabul qilinsa, ushbu buyruqlarga ishga chiqish kunini keyingi birinchi ish kuniga toʻgʻrilab oʻzgartirish kiritiladi.