Talabalar uchun sessiyalar qachondan boshlanishi e’lon qilindi

Talabalar uchun sessiyalar qachondan boshlanishi e’lon qilindi

Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning buyrug‘iga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestri o‘quv jarayoni va fanlardan o‘tkaziladigan nazoratlar belgilangan grafik asosida 2026-yil 12-yanvardan boshlab tashkil etiladi.

 

Talabalarga kuzgi semestr yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar yetkaziladi. Imtihonlarni talab darajasida tashkil etish va shaffofligini ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

 

Talabalar uchun qishki ta’til sanasi 10-yanvargacha davom etadi.

 

Avvalroq, talabalar uchun ham qishki ta’til boshlanish sanasi e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.