Endi davlat OTM talabalari to‘lov-kontrakt shartnomalarini my.gov.uz portalidan olishlari mumkin

Endi davlat OTM talabalari to‘lov-kontrakt shartnomalarini my.gov.uz portalidan olishlari mumkin

Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt shartnomasini olish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi.

 

Ta’lim eksperti Zafarshoh Amirqulovning ma’lum qilishicha, endilikda talabalar to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin.

 

Xizmatdan foydalanish uchun:

 

my.gov.uz da ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tiladi;

 

– ‘‘Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun to‘lov-kontrakt shartnomalarini olish’’ xizmati tanlanadi;

 

– kerakli maydonlar so‘ralgan ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, ariza elektron tarzda yuboriladi.

 

Yuborilgan arizalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va shartnoma shakllantiriladi.

 

Shakllantirilgan to‘lov-kontrakt shartnomalarini my.gov.uz portali orqali onlayn yuklab olish imkoniyati mavjud.

 

Shuningdek, to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ham ariza yuborish mumkin.

 

Avvalroq, talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi uchun ariza yuborish xizmati ishga tushirilgani haqida xabar berilgan edi.