Universitet yotoqxonasida faoliyat olib borgan narkokuryer talabalar qo’lga olindi

Universitet yotoqxonasida faoliyat olib borgan narkokuryer talabalar qo’lga olindi

Narkokuryerlik bilan shug’ullangan 2 nafar talaba ushlandi: ular universitet yotoqxonasidan taqiqlangan moddalar uchun “ombor” sifatida foydalangan.

 

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” profilaktik tadbiri doirasida Toshkent shahri Yashnobod tumanida 2 nafar 1-bosqich talabasining yonidan 120 gr “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik moddasi topildi.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007-yilda tugʻilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universiteti yotoqxonasi koʻzdan kechirilganda, 400 gr “Alfa PVP” borligi aniqlandi.

 

Maʼlum boʻlishicha, ular sintetik giyohvand moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan manzillarga yuborgan.

 

Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2 ming 600 ta dozaga teng boʻlgan jami 520 gr sintetik giyohvand moddalar noqonuniy muomalasining oldi olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan ushbu talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga koʻra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qoʻllanildi.