Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi 27-maxsus maktab internatining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z o‘quvchisiga qo‘pol tarzda munosabatda bo‘lib, unga nisbatan kuch ishlatganligi aks etgan videolavha tarqaldi.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasining ma’lumot berishicha, “Buxoro shahridagi 27-maxsus maktab internati bilan bog’liq mazkur holat 2024-yilning fevral oyida aniqlangan bo‘lib, pedagoglik majburiyatlarini buzganligi va o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatganligi uchun maktab-internatining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi N.X. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.