Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi - Ta’lim xabarlari
Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bergan ma’lumotga ko’ra: 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Samarqand shahridagi Xalqaro turizm akademiyasida mehmonxonalar va restoranlar uchun yuqori malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

 

2025-yil 1-martgacha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi professional ta’lim muassasalariga xalqaro darajada tan olingan ta’lim dasturlarini “franshiza” asosida joriy etish choralari ko‘riladi.

 

2024/2025 o‘quv yiligacha turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalari bo‘yicha oliy ta’lim dasturlarini jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi nufuzli OTMlarning ta’lim dasturlari asosida talim tizimimiz qayta dasturlanadi.

 

Shuningdek belgilangan OTMlar huzurida shartnoma asosida arab, yapon, xitoy, hind, ispan, italyan, koreys, urdu, indonez va malay tillarida xizmat ko‘rsatuvchi gid-tarjimonlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha kurslarni tashkil etish ko’zda tutilgan.

 

Eslatib o’tamiz oldinroq turizm sohasida o’qish muddati 3 yilga qisqartirilishi haqida xabar bergandik.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры