Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi hamshiralarga ish staji uchun qoʻshimcha ustamalar qoʻshiladigan boʻldi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi hamshiralarga ish staji uchun qoʻshimcha ustamalar qoʻshiladigan boʻldi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-son qaroriga asosan,  Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi hamshiralarga ish staji uchun qoʻshimcha ustamalar qoʻshiladigan boʻldi.

 

Vrachlarga, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sogʻliqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:

 

–  ish staji 5-yildan 10-yilgacha boʻlganda — tarif stavkasining 5 foizi miqdorida;

 

– ish staji 10-yildan 15-yilgacha boʻlganda — tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;

 

– ish staji 15-yildan 20-yilgacha boʻlganda — tarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida;

 

– ish staji 20-yildan ortiq boʻlganda — tarif stavkasining 20 foizi miqdorida belgilanadi, oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida ustama ham toʻlanadi.

 

Avvalroq, ushbu qarorga koʻra, attestatsiyasiz, “toʻgʻridan toʻgʻri” toifa beriladigan oʻqituvchilar tarkibi kengaytirilgani haqida xabar bergan edik.