Ikki oy ishlab dekretga chiqqan pedagogga qancha dekret puli toʻlanadi?

Ikki oy ishlab dekretga chiqqan pedagogga qancha dekret puli toʻlanadi?

Prezindentning 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga 2018-yil 5-aprelda PF-5398-sonli farmon asosida kiritilgan oʻzgarishga koʻra:

 

– ayol xodimning ishga qabul qilingan kunidan boshlab 12 oygacha-homiladorlik va tugʻish taʼtilida boʻlgan vaqt uchun oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizi;

 

– ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan ortiq vaqt mobaynida-homiladorlik va tugʻish taʼtilida boʻlgan vaqt uchun oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizi toʻlanadi.

 

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, “ayol xodim ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oygacha” jumlasi qoʻllanilgan. Mana shu jumla ayol xodimning umumiy ish stajini emas, aksincha oʻsha tashkilotga ishga kirgan vaqtidan boshlab homiladorlik va tugʻish taʼtili uchun ish staji ketishini anglatmoqda.

 

Xulosa qiladigan boʻlsak, ishga kirganiga 12 oy boʻlmagan xodim uchun oʻrtacha ish haqining 75 foizi miqodirida dekret puli beriladi.

 

Avvalroq, ikkita taʼlim muassasasida faoliyat yuritadigan xodim oʻrindosh sifatidagi ish joyidan ham dekret puli olishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.