Maktablarda ikkinchi chorak bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi qay tartibda o‘tkaziladi?

Maktablarda ikkinchi chorak bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi qay tartibda o‘tkaziladi?

O‘quv yilining ikkinchi choragi yakuni bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi jarayoniga 5-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari jalb qilinadi.

 

Bunda har bir hududda:

 

5-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 30 talik:

 

– 1-blok (ona tili adabiyot, matematika, xorijiy til);

 

– 2-blok (ona tili adabiyot, botanika, rus tili);

 

– 3-blok (matematika, geografiya, xorijiy til);

 

– 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 10 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.

 

10-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 45 talik:

 

– 1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til);

 

– 2-blok (biologiya, kimyo, rus tili);

 

– 3-blok (fizika, geografiya, ona tili);

 

– 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.

 

11-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 45 talik:

 

– 1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til);

 

– 2-blok (biologiya, kimyo, rus tili);

 

– 3-blok (fizika, geografiya, ona tili);

 

– 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.

 

Test sinovi bajarish uchun 5-sinflarda monitoring o‘tkaziladigan fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 60 daqiqa), 10-11-sinflarda fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 90 daqiqa) vaqt beriladi.

 

Barcha blok fanlarini qamrab olish maqsadida sinf o‘quvchilari soniga qarab guruhlar shakllantiriladi.