Ijtimoiy tarmoqda “Qo‘qonda o‘quvchilar davomati soxtalashtirilmoqda…” mazmunida xabar tarqaldi.
Mazkur xabarda Qo‘qon shahridagi maktablarda darsga kelmayotgan o‘quvchilar borligi, ularga o‘qituvchilar nazorat baholarini qo‘ymasa ham hech qanday chora ko‘rilmayotganligi va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari davomatni ijobiy qilib yopib qo‘yishyotganligi aytilgan.
Holat yuzasidan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan rasmiy munosbat bildirildi.
Unga ko‘ra, vaziyat viloyat boshqarmasi va tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda.
“Yakuniy natijalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz” — deyiladi xabarda.
Avvalroq, “Oʻquvchilar oʻz vaqtida baholanmasa yoki kunlik davomat qilinmasa o‘qituvchiga haq toʻlanmaydimi?” mavzusida xabar bergan edik.
