Oʻgʻirlikda asossiz ayblangan xususiy maktab direktori oqlandi.
Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasi hukmi bilan quyi sudning qarori bekor qilinib, 1985-yilda tugʻilgan xususiy maktab rahbariga nisbatan harakatlarida jinoyat tarkibi boʻlmaganligi sababli unga nisbatan qoʻyilgan ayblovlar bekor qilingan.
Maktab direktori Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismining “b, d” bandlari bilan aybsiz deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksning 83-moddasi 2-qismiga asosan reabilitatsiya qilinib oqlandi.
Avvalroq, Jizzaxda oʻqituvchi giyohvand modda sotgan vaqtida protsessual tartibda ushlangani haqida xabar bergan edik.
