Mehnat kodeksining 432-moddasiga asosan, oʻrindoshlik asosida ishlash xodimning oʻzining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari boʻyicha asosiy ishidan boʻsh vaqtida boshqa muntazam haq toʻlanadigan ishni bajarishidir.
“Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 18-bandiga asosan, oʻrindoshlar oʻrindoshlik asosidagi ish joyi boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tugʻish nafaqalari olish huquqiga egadir.
Sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu nizomning 18-bandida nazarda tutilgan oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.
Avvalroq, ikkita taʼlim muassasasida faoliyat yuritadigan xodim oʻrindosh sifatidagi ish joyidan ham dekret puli olishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
