Ko‘zi ojizlar uchun chet tili imtihoni ruxsatnomalari taqdim etildi

Ko‘zi ojizlar uchun chet tili imtihoni ruxsatnomalari taqdim etildi

Chet tili imtihoni (ko‘zi ojizlar) uchun ruxsatnomalar taqdim etildi.

 

Ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2025-yil 5-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

Imtihon joyi va aniq vaqti ruxsatnomada ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.

 

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

 

Avvalro, 2-yarim yillikning chet tili sertifikatini olish sinoviga ro‘yxatdan o‘tish yakunlangani haqida xabar bergan edik.