Xabaringiz bor, 1-dekabrdan boshlab asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi 2-guruh fanlari bo‘yicha sinov bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Respublika bo‘ylab tarix, geografiya, davlat va huquq asoslari, rus tili va adabiyoti, tojik tili, ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, ingliz, fransuz va nemis tili fanlaridan olimpiada o‘tkazildi.
Fan olimpiadasining Farg‘ona viloyat hududiy bosqichida Oltiariq tumani 3-IDUM o‘quvchisi Foziljonov Jasurbek Erkinjon o‘g‘li Tarix fanidan 100/100 ball to‘plab 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Avvalroq, bugungi asosiy olimpiadaning 10-sinf fanlaridan test topshiriqlari e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
