Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron maktablarda mobil telefonlar kelgusi o‘quv yilidan boshlab taqiqlanishini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, ushbu chora ekran qaramligiga oid xavflarni kamaytirish hamda maktab — bu o‘qish va ijtimoiy muloqot joyi ekanini yana bir bor mustahkamlashga qaratilgan.
U maktab — “o‘qish o‘rni va ayni paytda muloqot joyi” ekanini ta’kidlab, o‘smirlar orasida ekran qarshisida o‘tkazilayotgan vaqtning ortishi hukumatni jiddiy tashvishga solayotganini qayd etgan.
Yangi qoidalar kelgusi o‘quv yilining boshidan kuchga kiradi.
Hozircha taqiq qanday amaliyotga joriy etilishi borasida batafsil ma’lumot berilmagan, biroq bu e’lon amaldagi siyosatda sezilarli o‘zgarish bo‘lib, hozirgacha faqat boshlang‘ich va o‘rta maktablarda qo‘llanilgan cheklovlarni endi litseylarga ham kengaytiradi.
Hukumatning ta’kidlashicha, asosiy maqsad — o‘quvchilarning diqqatini oshirish, dars jarayonidagi chalg‘ituvchi omillarni kamaytirish va yuqori sinf o‘quvchilari orasida sog‘lom raqamli odatlarni targ‘ib qilishdan iborat.
Avvalroq, Yaponiyada o‘quvchilar uchun telefon vaqtini cheklash bo‘yicha yangi qaror kuchga kirgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Janubiy Koreyaning Seul shahridagi maktablarda telefondan foydalanish butunlay taqiqlangan edi.
