O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari 23-noyabr — 2-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida bo‘lib o‘tayotgan 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO – 2025)da ishtirok etib, yuqori natijani qayd etdi.
Umumiy hisobda 1 ta kumush, 3 ta bronza — jami 4 ta medalga ega bo‘ldi.
G‘oliblar ro‘yxati quyidagicha:
– Murodbek Latipov — Navoiy shahridagi PM o‘quvchisi — kumush medal;
– Mehriddin Masharipov — Qo‘shko‘pir tuman IM o‘quvchisi — bronza medal;
– Sultonbek Tursunaliyev — Namangan shahridagi PM o‘quvchisi — bronza medal;
– Ali Sarsenbayev — Qo‘ng‘irot tumani IMI o‘quvchisi — bronza medal.
Ma’lumot o‘rnida, terma jamoamiz a’zolari 2024-yilgi 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu olimpiadada 55 ta davlatdan eng iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.
Avvalroq, nufuzli va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarga saralashning dastlabki bosqichi boshlangani haqida xabar bergan edik.
