Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalarga kimlar nomzod boʻla oladi va mazkur ustamalarning berilish tartibi qanday?

Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalarga kimlar nomzod boʻla oladi va mazkur ustamalarning berilish tartibi qanday?

Nomzodlar — taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan, belgilangan kvota doirasida pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi bosqichi — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash natijalariga koʻra, umumiy ballning kamida 80 foizini qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachilari;

 

Nizomning 9-bandiga koʻra, har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash ikki bosqichda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

 

– vazirlik har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan yillik sonini har yili 20-yanvarga qadar belgilaydi;

 

– ishchi guruh har yili 1-fevralga qadar kvotani taʼlim tashkilotlari soni, fan yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat yuritib kelayotgan pedagoglar hamda tarbiyachilar sonidan kelib chiqib, “Maktabgacha taʼlim”, “Boshlangʻich taʼlim”, “Filologiya fanlari”, “Ijtimoiy fanlar”, “Aniq fanlar”, “Tabiiy va iqtisodiy fanlar”, “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida taqsimlaydi;

 

– ishchi guruh tomonidan kvotaga mos ravishda tegishli yil uchun Jamgʻarma hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni saralab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

 

1-bosqichda:

 

– kvota belgilangan yildan avvalgi yilning yanvar — iyun va sentyabr — dekabr oylarida boʻlib oʻtgan taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishning birinchi bosqichi — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash natijalari har yili 1-martga qadar tahlil qilinadi va nomzodlar roʻyxati shakllantiriladi hamda 2-bosqichga oʻtkaziladigan nomzodlar tanlab olinadi;

 

– hududlar kesimida fan yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlangan har bitta kvota uchun nomzodlar orasidan malaka sinovlaridan eng yuqori natijani koʻrsatgan uchta nomzod tanlab olinadi.

 

Bunda:

 

– nomzodlar malaka sinovlarida bir necha marotaba ishtirok etsa yoki bir necha fandan ishtirok etgan taqdirda eng yuqori natijani qayd etgan fani boʻyicha yoki attestatsiya navbati tanlanadi;

 

– agarda nomzod ikkita fan boʻyicha ham nomzod sifatida tanlab olingan taqdirda qaysi fanni tanlash oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Nomzodlarning ballari teng boʻlgan taqdirda, ularni tanlab olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

 

– nomzodning amaldagi malaka toifasi darajasi yuqoriligi;

 

– vazirlik tizimidagi tashkilotlardagi koʻp yillik ish stajiga egaligi;

 

– yuqoridagi barcha holatlarda ham ballar teng kelib qolgan taqdirda, istisno tariqasida, pedagoglarning barchasi ikkinchi bosqichga oʻtkaziladi.

 

2-bosqich 1-bosqich yakunlangandan soʻng 60 ish kuni ichida tanlab olingan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi.

 

Bunda:

 

– suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi;

 

– nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash jarayonlari videoyozuvga olinadi;

 

– 2-bosqich jarayonlari yakunida birinchi va ikkinchi bosqich ballari qoʻshilgan holda umumiy ballar chiqariladi hamda eng yaxshi natija egalariga belgilangan kvota doirasida ustama belgilanadi.

 

Saralash natijalariga koʻra, Jamgʻarma hisobidan har oylik ustama olishga tavsiya etilgan umumtaʼlim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilariga 2 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlanadi;

 

Nizomning 10-bandiga asosan, pedagog xodimlarga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan imtiyoz sifatida berilgan maksimal ball inobatga olinmaydi.

 

Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalarga kimlar nomzod boʻla oladi va mazkur ustamalarning berilish tartibi qanday?

 

Avvalroq, “Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamaga nomzodlar test sinovlarida ishtirok etmasa nima boʻladi?” mavzusida xabar bergan edik.