Qishki oʻqishni koʻchirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi.
Qishki qabul jarayonlarida oʻqishni koʻchirish hech qanday maxsus imtihonlarsiz oʻtkaziladi. Oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlgan talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
Arizalar 20-yanvargacha qabul qilinsa, oʻqishini koʻchirish boʻyicha arizani koʻrib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
Quyidagi sabablarga koʻra, oʻqishni qishki “perevod” orqali koʻchirish mumkin:
– boshqa viloyatga turmushga chiqqani sababli oʻsha hududga oʻqishini koʻchirishi (oʻzining yoʻnalishiga yoki mos va turdosh yoʻnalishga koʻchirishi, xohlasa taʼlim shaklini ham oʻzgartirib koʻchirishi ham mumkin);
– ota-onasi yoki turmush oʻrtogʻi davlat xizmatchisi boʻlib, ularning doimiy ish joyi boshqa viloyatga koʻchirilgani sababli (bunda ham yuqoridagi singari shakllarda koʻchirish mumkin);
– faqatgina davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga uzrli sababga koʻra, tegishli tartibda koʻchira olish.
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻqishini koʻchirish (koʻchirib tiklash) toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish bahorgi semestr oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin — 21-yanvardan 10-fevralgacha (10-fevral kuni ham) amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, talabalarning oʻqishini koʻchirish (koʻchirib tiklash) va qayta tiklashni rasmiylashtirishda oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) belgilangan tartibda oʻquv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni topshirish tartibi va muddatlarini (joriy semestr davomida), oʻqitish kursi (semestri) hamda oʻqishga qabul qilishning qonunchilikda belgilangan boshqa shartlarini belgilaydi.
