Abituriyentlarga boshqa sana va vaqtda imtihonga kirishga ruxsat beriladimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turli sabablar bilan test sinovlariga qatnashmagan abituriyentlar, ularning yaqinlari tomonidan qo‘shimcha imtihon belgilab berish yuzasidan murojaatlarga javob berdi.

 

Unga ko‘ra, test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan abituriyent sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilishi mumkin emas.

 

Shuningdek, abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi.

 

Shu bois, abituriyentlardan test sinoviga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihonlar o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmay kelishlari talab etiladi – deyiladi vazirlik munosabatida.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры