Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida taʼlim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 30,4 trln soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 6,8 % ga oshgan. Bu jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,7 % ini tashkil etadi.
Mazkur davrda taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, ulushi 46,6 % ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida esa ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 26,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi va Budjetnoma ishlab chiqilgani haqida xabar bergan edik.
Unda 2026-yilda taʼlimga 100,3 trln soʻm ajratilishi rejalashtirilgani keltirilgan.
Shuningdek, oliy ta’lim qamrovini va ta’lim sifatini oshirish maqsadiga muvofiq oliy ta’lim uchun 7,3 trln so‘m byudjet mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilayotgani haqida ham xabar berilgan edi.
