Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev va “German Industry and Commerce” MCHJ rahbari Otabek Alimjonov “Skills Expert Program” loyihasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha bitim imzolashdi.
Loyihadan koʻzlangan maqsad professional taʼlim muassasalarida Oʻzbekistondagi Germaniya korxonalari va mahalliy korxonalar uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iborat.
Mazkur loyiha Germaniyaning Iqtisodiyot va iqlim muhofazasi vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi hamda 3 yil davomida amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida professional taʼlim muassasalarining dual taʼlim shakli oʻquvchilari uchun Germaniya standartlariga muvofiq nazariy va amaliy shakldagi yakuniy malaka imtihonlari tashkil etiladi.
Imtihon natijalariga koʻra, tashkilot tomonidan Germaniya kompaniyalarida tan olinadigan sertifikat beriladi.